Xitoyning Ordos shahrida yengil atletika boʻyicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga yetdi.
Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston jamoasi a'zolari 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
🥇 Oltin medal:
— Amir Nagayev (balandlikka sakrash)
— Sharifa Davronova (uch xatlab sakrash)
🥉 Bronza medal:
— Oʻgʻiloy Norboyeva (yettikurash)
Yakunda oʻzbekistonlik sportchilar ushbu musobaqada 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiya dan keyin uchinchi oʻrinni egallashdi.
Barcha gʻolib va sovrindorlar:
🥇 Oltin medal:
— Jonbibi Hukmova (400 metr)
— Jonbibi Hukmova (800 metr)
— Valeriya Gorbatova (balandlikka sakrash)
— Amir Nagayev (balandlikka sakrash)
— Sharifa Davronova (uch xatlab sakrash)
🥈 Kumush medal:
— Nurxon Ochilova (400 metr, to'siqlar osha)
— Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
— Ayubxon Fayozov (bosqon uloqtirish)
— Ibrohim Mahkamov (uch xatlab sakrash)
🥉 Bronza medal:
— Oʻgʻiloy Norboyeva (yettikurash)
Yengil atletika. Oʻzbekiston U-23 jamoasi Osiyo chempionatida 3-o'rinni egalladi
Boshqa sportlar
12 iyul, 13:40
5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻardi.
Foto: Olympic uz