Bugun
13
O'zbek

Ferdinand: «Angliya Jahon chempioniga aylanishi mumkin»

Futbol
12 iyul, 14:45
Sobiq himoyachi Tomas Tuxel jamoasining muhim ustunligini aytdi.
Ferdinand: «Angliya Jahon chempioniga aylanishi mumkin»
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand JCH-2026da «uch sherlar» chempionlikni qo'lga kirita olishiga ishonmoqda.

«Vaziyat murakkablashganda va hammasi rejadagidek ketmayotganida ham Angliya yechim topa oladi. Bu xuddi pazl yig'ishga o'xshaydi — biz kerakli vaqtda kerakli bo'lakni topa olishimizni ko'rsatdik», — dedi Ferdinand o'zining YouTube kanalida.

Eslatib o'tamiz, Angliya chorakfinalda Norvegiyani mag'lub etib, yarimfinalga yo'l oldi. Tomas Tuxel shogirdlari final yo'llanmasi uchun 15 iyul kuni amaldagi jahon chempioni Argentina bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar