Bugun
13
O'zbek

Diego Forlan — Urugvay bosh murabbiyi

Futbol
12 iyul, 16:05
Sobiq hujumchi milliy jamoani kamida 2027 yil martigacha boshqaradi.
Diego Forlan — Urugvay bosh murabbiyi
Foto: Getty Images

Diego Forlan Urugvay milliy jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi, deb xabar bermoqda Marca.

«Atletiko» va «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi milliy jamoasini kamida 2027 yil martiga qadar boshqaradi. Shu bilan birga, u Urugvay U-20 jamoasining bosh murabbiyi vazifasini bajarishda davom etadi.

47 yoshli mutaxassis bu lavozimda 2026 yildagi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so'ng jamoani tark etgan Marselo Bielsani almashtirdi.

Forlan futbolchi sifatida Urugvay safida 112 ta o'yin o'tkazib, 36 ta gol urgan va 2010 yildagi mundialda turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Diego murabbiy sifatida «Penyarol» va «Atenas» klublarida ham ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar