Bugun
13
O'zbek

«Real»da «Oltin to'p» Mbappe yoki Bellinghemga nasib etishiga ishonishmoqda

Futbol
12 iyul, 14:30
Madrid klubi JCH-2026 g'olibligi mukofot taqdiriga ta'sir qilishi kerak, deb hisoblamoqda.
«Real»da «Oltin to'p» Mbappe yoki Bellinghemga nasib etishiga ishonishmoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi rahbariyati «Oltin to'p» sovrini jamoa futbolchilaridan biri — Kilian Mbappe yoki Jud Bellingemga nasib etishiga umid qilmoqda. Bu haqda El Debate xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «qirollik klubi» bunday fikrni Vinisius Juniorning 2024 yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kirita olmagani bilan izohlamoqda. O'shanda braziliyalik futbolchi «Real» safida yorqin mavsum o'tkazganiga qaramay, mukofot «Manchester Siti» va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri Ernandesga topshirilgandi.

«Real» rahbariyati JCH-2026 yakunlaridan so'ng ham xuddi shunday tamoyil qo'llanishi kerak, deb hisoblamoqda. Shu bois, agar mundialda Fransiya yoki Angliya chempion bo'lsa, Madrid klubida «Oltin to'p» Mbappe yoki Bellinghemga berilishiga umid qilishmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar