Bugun
13
O'zbek

Infantino JCH-2030 ishtirokchilari sonini 64 taga yetkazish g'oyasini ilgari suradi

Futbol
12 iyul, 15:50
FIFA prezidenti bu borada Afrikadagi o'ziga yaqin bo'lgan rahbarlarning qo'llab-quvvatloviga tayanadi.
Infantino JCH-2030 ishtirokchilari sonini 64 taga yetkazish g'oyasini ilgari suradi
Foto: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino 2030 yildan boshlab futbol bo'yicha jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 tagacha kengaytirish loyihasini ilgari surishni rejalashtirmoqda. Bu haqida jurnalist Romen Molina X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

Ushbu tashabbus Infantinoga 2027 yilda bo'lib o'tadigan FIFA kongressidagi saylov oldidan muhim dasturiy qadam hisoblanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu rejani amalga oshirish uchun Infantino Afrikadagi o'ziga yaqin bo'lgan futbol rahbarlarining qo'llab-quvvatloviga tayanadi. Evaziga esa afrikalik rahbarlar tashkilot nizomiga o'zgartish kiritishni talab qiladi. Bu o'zgartishlar Infantinoga FIFA prezidenti sifatida yana bir qo'shimcha muddatga nomzodini qo'yish imkonini beradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar