Bugun
13
O'zbek

Romero: "Shunday tuyulyaptiki, Argentina oson g'alaba qozonishni bilmaydi. Ammo jamoa bilan faxrlanaman"

Futbol
12 iyul, 17:00
Amaldagi chempionlar himoyachisi Shveytsariya ustidan g'alaba va Angliyaga qarshi yarimfinal haqida gapirdi.
Romero: "Shunday tuyulyaptiki, Argentina oson g'alaba qozonishni bilmaydi. Ammo jamoa bilan faxrlanaman"
Foto: Getty Images
15.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya - : - Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi himoyachisi Kristian Romero Jahon chempionati chorakfinalida Shveytsariya ustidan qo'shimcha vaqtda qo'lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.

«Shunday tuyulyaptiki, biz azoblanmay g'alaba qozonishni bilmaymiz. Ammo men juda baxtliman va bu jamoa bilan faxrlanaman. Hozir qilayotgan ishlarimiz haqiqatan ham hayratlanarli. Va biz hech qachon to'xtamoqchi emasmiz»
, — dedi Romero.

«Tottenhem» himoyachisi yarimfinalda Angliyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida ham fikr bildirib, bu bahsga ortiqcha bosim yuklamaslikka chaqirdi.

«Bu shunchaki navbatdagi o'yin, xolos. Uni alohida ahamiyatga ega o'yinga aylantirish kerak emas. Bu — futbol. Biz faqat o'z o'yinimizga e'tibor qaratganmiz va so'nggi yillarda namoyon etib kelayotgan jamoamizning DNK'sini yana bir bor ko'rsatishni istaymiz.

Ba'zida qiynalasan, ba'zida yaxshi o'ynaysan, ba'zida esa o'zing kutgan darajada emas. Ammo eng muhimi — maydonga yurak bilan tushish, tashabbusni o'z qo'lingga olish va so'nggi daqiqagacha kurashish»
, — deya qo'shimcha qildi Romero.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar