Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Gari Lineker jahon chempionati-2026 doirasida Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) Jud Bellinghemning harakatlaridan hayratini yashirib o‘tirmadi.
«Men ancha uzoqqa taxmin qilib, u Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng buyuk futbolchi bo‘lishi mumkin, deb aytmoqchiman. To‘g‘ri, bu juda jiddiy gaplar. Axir bizda chindan ko‘plab buyuk futbolchilar bo‘lgan.
Agarda Bobbi Charltonni yodga olsak, shubhasiz, u bu nomga da’vogarlar qatorida bo‘lishi zarur. Bu ro‘yxatga Harri Keynni ham qo‘shish mumkin va yana ko‘plab futbolchilarni. Biroq Bellinghem o‘zining yoshida amalga oshirayotgan ishlari, o‘yinni o‘ziga olishi va hal qiluvchi pallalarda Angliyani olg‘a yetaklashi - bu super yulduz darajasi» - deya Lineker so‘zlaridan iqtibos keltirdi Metro.
Eslatib o‘tamiz, Bellinghem musobaqada 6 ta gol urib ulgurdi. Jahon chempionati yarimfinalida inglizlar Argentina milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.