Bugun
13
O'zbek

Tennis. Sinner Zverevni mag'lub etib, qatorasiga ikkinchi yil «Uimbldon» turniri g'olibiga aylandi

Tennis
12 iyul, 15:35
24 yoshli italiyalik chempionlikni himoya qila olgan 10-tennischiga aylandi.
Tennis. Sinner Zverevni mag'lub etib, qatorasiga ikkinchi yil «Uimbldon» turniri g'olibiga aylandi
Foto: Getty Images

Tennis bo'yicha eng yirik turnirlardan biri nihoyasiga yetdi.

Finalda amaldagi chempion Yannik Sinner germaniyalik Aleksandr Zverev ustidan 4 ta set bo'yicha g'alaba qozonib, unvonni o'zida saqlab qoldi.

24 yoshli italiyalik chempionlikni himoya qila olgan 10-tennischiga aylandi. Avvalroq Rod Leyver, Jon Nyukomb, Byorn Borg, Jon Makinroy, Boris Bekker,
Pit Sampras, Rojer Federer, Novak Djokovic va Karlos Alkaras buni uddalagan edi.

«Uimbldon»
London, Buyuk Britaniya
29 iyun – 12 iyul, 2026 yil
«Katta dubulğa» turniri
Mukofot jamg'armasi – 64 200 000 funt sterling
Ochiq kortlar, maysa
Final
Yannik Sinner (Italiya) — Aleksandr Zverev (Germaniya) 6:7, 7:6, 6:3, 6:4

Yannik Sinner
Foto: Getty Images
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar