“Real” yana bir tarbiyalanuvchisini “Fulhem”ga qoʻyib yubordi.
APL klubi safiga Manuel Anxel qoʻshildi. U aynan London klubining yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa qoʻl ostida “Kastiliya” sardoriga aylangandi. Futbolchi bilan 2029 yil yozigacha moʻljallangan shartnoma imzolandi, shuningdek, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Marca nashri maʼlumotlariga koʻra, madridliklar 22 yoshli Anxelning transfer huquqlarining faqat 50 foizini sotgan va bu transferdan 4 million yevro ishlab olgan.
Oʻtgan mavsumda yarimhimoyachi La Ligada 4 ta oʻyinda maydonga tushdi.
“Real”ning yana bir futbolchisi “Fulhem”ga oʻtdi
Futbol
1 sentabr, 18:51
22 yoshli Anxel yana Arbeloa qoʻl ostida oʻynaydigan boʻldi.
Foto: Fulham