“Bavariya” vingeri Ariyon Ibrahimovich “Augsburg” safiga qoʻshildi.
Myunxen klubi 20 yoshli vingerning sotib olish huquqi bilan ijaraga berilganini eʼlon qildi.
“Augsburg” futbolchining ijarasi uchun 500 ming yevro toʻlaydi va mavsum yakunida uni 8 million yevro evaziga sotib olishi mumkin.
Ibrahimovich 2025/26 yilgi mavsumni “Haydenhaym”da ijarada oʻtkazdi. Ariyon Bundesligadagi 32 ta bahsda 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Bavariya” Ibrahimovichni yana ijaraga berdi
Futbol
1 sentabr, 17:58
20 yoshli vinger yangi mavsumni Bundesliganing boshqa bir klubida oʻtkazadi.
Foto: Augsburg