Bugun
15
O'zbek

“Everton”ning oʻtgan mavsumdagi toʻpurari “Fiorentina”ga oʻtdi

Futbol
1 sentabr, 17:13
28 yoshli Betu A Seriyaga qaytdi.
“Everton”ning oʻtgan mavsumdagi toʻpurari “Fiorentina”ga oʻtdi
Foto: Getty Images

“Everton” hujumchisi Betu Betunkal “Fiorentina” futbolchisiga aylandi.

Janluka Di Marsioning maʼlumotiga koʻra, Italiya klubi Gvineya-Bisau milliy jamoasining 28 yoshli hujumchisi transferi uchun 18 million yevro toʻlaydi.

Betu oʻtgan mavsumda APLda 37 ta bahsda 9 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U “Everton”ning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻlgandi.

Hujumchiga A Seriya begona emas. U 2021-2024 yillar oraligʻida “Udineze”da oʻynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Fiorentina Fiorentina
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar