Bugun
20
O'zbek

«Everton» Balogun bilan muzokaralarni yakunlash arafasida – Romano

Futbol
31 avgust, 06:28
Balogunning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
«Everton» Balogun bilan muzokaralarni yakunlash arafasida – Romano
Фото: Getty Images

«Monako» va AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogun faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga yaqin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Everton» klubi 25 yoshli hujumchi borasida monegasklarga rasmiy taklif yuborgan. Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlarda kelishuv rasman amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Balogun 2023 yil avgust oyidan buyon «Monako» sharafini himoya qilib kelmoqda. 25 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Balogunning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar