«Manchester Yunayted» klubi «Barselona» himoyachisi Alexandro Baldening transferidan voz kechdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» ispaniyalik 22 yoshli futbolchining transferi moliyaviy jihatdan juda qimmat deb hisoblangan. Shu bois klub uning transferini amalga oshirmaslikka qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Balde yangi mavsumda hozircha biror marta maydonga tushgani yo‘q.
Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Alexandroning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.