Bugun
20
O'zbek

Kerrik: «Reshford uchun juda xursandman»

Futbol
31 avgust, 01:10
«MYu» bosh murabbiyi angliyalik vinger haqida fikr bildirdi.
Kerrik: «Reshford uchun juda xursandman»
Foto: Getty Images
30.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 5 : 2 Ipsvich Ipsvich

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa vingеri Markus Reshfordning o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Men Markus uchun juda xursandman. U «Manchester Yunayted»da o‘zini baxtli his qilayotganiga va asosiy tarkibda maydonga tushib, chiroyli g‘alabada ishtirok etganidan mamnun ekaniga ishonchim komil. U o‘zini yaxshi ko‘rsatdi», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi The United Stand.

28 yoshli futbolchi APLning 2-turida «Ipsvich»ga qarshi o‘tkazilgan va «qizil iblislar»ning 5:2 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan bahsda 80 daqiqa harakat qildi. Bu Reshfordning klubga qaytganidan keyin jamoa safidagi ilk asosiy tarkibdagi o‘yini bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Markus o‘tgan mavsumni «Barselona»da ijara asosida o‘tkazgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Ipsvich Ipsvich
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar