«Marsel» himoyachisi Leonardo Balerdi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi. 27 yoshli futbolchi «Roma» safiga kelib qo‘shildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, rimliklar tajribali futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Leonardo yangi jamoasida 26-raqam ostida o‘ynaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Balerdi «Marsel» safida 200 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 2 ta assist qayd etgan. Shuningdek, himoyachi Argentina milliy jamoasi safida 11 marta maydonga tushgan.
Avvalroq «Roma» de Roonni «Atalanta»dan o‘z safiga qo‘shib olgani ma’lum qilingandi.