«Atalanta» yarim himoyachisi Marten de Roon «Roma» safiga kelib qo‘shildi. Bu haqda rimliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Bergamoliklar safida tajribali yarim himoyachi 445 ta uchrashuvda maydonga tushdi. De Roon bu bahslarda 23 ta gol urdi va 32 ta assist qayd etdi.
Yangi jamoasida niderlandiyalik futbolchi 15-raqam ostida harakat qiladi. Transfer qiymati esa 1 million yevroni tashkil qildi.
Marten «bo‘rilar» bilan 2028 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan ikki yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq «Roma» Pellegrini bilan shartnomani uzaytirgani ma’lum qilingandi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi