Live
7
O'zbek

"Roma" Pellegrini bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
8 avgust, 14:45
Rimliklar tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida faqat ikki yil boshqa klubda oʻynagan.
"Roma" Pellegrini bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: AS Roma

Yarimhimoyachi Lorenso Pellegrini "Roma" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Sky Sport xabar berishicha, italiyalik 30 yoshli futbolchining yangi bitimi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.

Lorenso — "Roma" tarbiyalanuvchisi. U 2005 yildan 2015 yilgacha rimliklar tizimida bo'lgan. Keyin ikki mavsum "Sassuolo"da oʻynagan va 2017 yilda yana oʻzi tarbiyalangan klubiga qaytgan.

Oʻtgan mavsumda Pellegrini A Seriyada 24 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi va 2 bor sariq kartochka oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar