Fransiyalik hujumchi Karim Benzema «Al Hilol» bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida muddatidan oldin bekor qildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Endi 38 yoshli futbolchi kelajagi borasida qaror qabul qilishi kerak. U faoliyatini yakunlash yoki Saudiya Arabistonining boshqa klubiga o‘tish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Romano ma’lumotiga ko‘ra, Yevropaga qaytish varianti ko‘rib chiqilmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Benzema 2026 yil fevral oyida «Al Ittihod»dan ketgach «Al Hilol» safiga borib qo‘shilgandi. U yangi klubi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli assist amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi