Live
11
O'zbek

Martinelli — «Al Hilol» futbolchisi (Romano)

Futbol
30 avgust, 09:38
Saudiya Arabistoni klubi braziliyalik vinger transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.
Martinelli — «Al Hilol» futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

«Arsenal» vingeri Gabriel Martinelli faoliyatini «Al Hilol»da davom ettiradi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, tomonlar transfer bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.

Bitimning umumiy qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 65 mln yevrodan ko‘proqni tashkil etadi. Martinelli «Al Hilol» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Braziliyalik futbolchi «Arsenal»dan safarga chiqish uchun ruxsat olgan va yaqin 24 soat ichida Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi kutilmoqda.

Shu tariqa, «Al Hilol»ning Olli Uotkinsdan keyin Martinellini ham tarkibga qo‘shib olish rejasi amalga oshishga yaqin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Al-Hilal Al-Hilal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar