Live
2
O'zbek

Keyn Saudiya Arabistonidan tushgan serdaromad taklifni rad etdi

Futbol
30 avgust, 09:40
Angliyalik hujumchi «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.
Keyn Saudiya Arabistonidan tushgan serdaromad taklifni rad etdi
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Saudiya Arabistoni klubining moliyaviy jihatdan manfaatli taklifini rad etdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishdan tashqari, Turkiya va Angliyadan bo‘lgan takliflarni ham rad etgan.

Hozirda Keyn «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichiga yetib kelgan. Yangi kelishuv 2029 yilgacha mo‘ljallanishi kutilmoqda.

Keyn ushbu mavsumda «Bavariya» safida barcha turnirlarda 2 ta bahsda maydonga tushdi, biroq hali samarali harakat qayd etmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar