«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhen jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Insayder Ekrem Konuring xabar berishicha, nigeriyaliklik 27 yoshli futbolchi har qanday takliflarga qaramay, jamoada qolishga qaror qilgan.
O‘z navbatida Turkiya klubi hujumchisining jamoadagi o‘rnidan mamnun va uni o‘z tarkibida saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Osimhenga Saudiya Arabistoni klublari, Angliya Premer-ligasi va boshqa mamlakatlarning bir qator jamoalari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozircha uning Turkiyada qolish ehtimoli yuqori.
Viktor bu mavsumda Turkiya chempionatidagi dastlabki uchrashuvlarda 5 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
Osimhen «Galatasaroy»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi
Futbol
31 avgust, 06:48
Turkiya klubi hujumchisining jamoadagi o‘rnidan mamnun.
Фото: Getty Images