Uch karra «Oltin to‘p» sohibi Mishel Platini 2026 yilda ushbu sovrinni «PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya qo‘lga kiritishini taxmin qildi.
«Hammasi murakkab, chunki 10 yil davomida biz Messi — Ronaldu, Ronaldu — Messi davrini ko‘rdik…
Endi vaziyat yumshadi. Buni o‘tgan yili ham ko‘rdik. Shuning uchun bitta nomni ayta olmayman.
Eng foydali futbolchi sifatida Mbappeni aytgan bo‘lardim. Jamoa uchun eng muhim futbolchi — Rodri. U juda yaxshi jahon chempionatini o‘tkazdi.
O‘yini nuqtayi nazaridan eng munosib futbolchi — Lamin Yamal. Barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan nomzod esa Fabian Ruis…
Demak, allaqachon to‘rt nafar futbolchi bor. Lekin men «PSJ» futbolchisi Kvaratsxeliya uchun ovoz bergan bo‘lardim», — dedi Platini.
Ma’lumot o‘rnida, 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Xvicha Goal talqiniga ko‘ra, g‘oliblik uchun da’vogarlar ro‘yxatida kuchli beshlikka kirgani ma’lum qilingandi.