Bugun
45
O'zbek

«Oltin to‘p» — 2026: Xvicha kuchli beshlikka kirdi

Futbol
13 avgust, 05:50
«PSJ»ning «Aston Villa» ustidan g‘alabasidan so‘ng gruziyalik hujumchining imkoniyatlari ikki baravarga oshdi.
«Oltin to‘p» — 2026: Xvicha kuchli beshlikka kirdi
Foto: Getty Images

Goal nashriga ko'ra, «Oltin to‘p» — 2026 uchun yangilangan koeffitsiyentlar e’lon qilindi. «PSJ»ning «Aston Villa» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng Xvicha Kvaratsxeliyaning mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyatlari ikki baravarga oshib, u kuchli beshlikka kirdi.

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn esa mukofot uchun asosiy favorit bo‘lib qolmoqda. «Barselona» vingeri Lamin Yamal va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri kuchli uchlikdan joy olgan.

«Oltin to‘p»-2026 uchun favoritlar:

  1. Harri Keyn («Bavariya») — 1.91
  2. Lamin Yamal («Barselona») — 4.00
  3. Rodri («Manchester Siti») — 6.00
  4. Kilian Mbappe («Real») — 7.00
  5. Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ») — 8.00

Qolgan nomzodlar uchun koeffitsiyentlar 23.00 va undan yuqori.

Ma’lumot uchun, Xvicha Kvaratsxeliya «PSJ» safida UEFA Superkubogida «Aston Villa»ga qarshi bahsda ham maydonga tushdi.

Bugungi yangiliklar