Eronning "Istiqlol" klubi yangi mavsumda futbolchilarning qaysi raqamlar ostida to'p tepishini ma'lum qildi.
Unga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchilar Jaloliddin Masharipov 10-raqamda, Rustam Ashurmatov esa odatiy 5-raqamda harakat qiladi. Qayd etish lozim, bungacha Jaloliddin eronliklar safida 77-raqam ostida to'p tepardi.
Ma'lumot o'rnida, Eron chempionati 14 avgustdan start oladi. Ilk turda "Istiqlol" "Mes Shahr" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Shota Arveladze O'zbekiston milliy jamoasiga Masharipov yetishmayotgani haqida gapirib o'tgandi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi