«Lester» klubi sotuvga qo'yildi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, «tulkilar» Chempionshipdan Angliya futbolining kuch jihati bo'yicha 3-divizioni — Liga 1ga tushib ketgandi.
The Athletic xabar berishicha, King Power International kompaniyasi va taijlandlik boshqaruv raisi Aiyavat Srivaddhanaprabha «Lester»ning barcha aktivlari uchun 300 million dollar (222 million funt) olishni rejalashtirmoqda. Biroq klubning Liga 1ga tushib ketgani va so'nggi vaqtlaridagi katta moliyaviy yo'qotishlar tufayli kelishuv, ehtimol, taxminan 200 million dollarga (148 million funt) amalga oshiriladi.
Investitsiya banki Citigroup «Loyiha rejasi» nomli taqdimot hujjatini tayyorladi. Unda «Lester» aktivlari, jumladan, ayollar jamoasi, akademiya, «King Power» stadioni hamda qiymati 100 million funtga baholanayotgan «Sigreav» mashg'ulot bazasi batafsil ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, 2010 yilda Srivaddhanaprabha oilasi «Lester»ni Milan Mandarichdan 35 million funtga sotib olgan. Yangi egalari davrida klub o'z tarixida birinchi marta — 2015/16 yilgi mavsumda APLda chempion bo'ldi. 2021 yilda esa Angliya kubogi va superkubogini qo'lga kiritdi.
«Lester» sotuvga qo'yildi
Futbol
12 avgust, 19:35
10 yil avval APL chempioni bo'lgan, taijlandliklarga tegishli klub hozirda uchinchi divizionda.
Foto: Getty Images