Live
1
O'zbek

Enrike yevrokuboklar yutish boʻyicha Fergyuson va Trappattoniga yetib oldi

Futbol
12 avgust, 18:47
Luisdan oldinda faqat ikki murabbiy bor.
Enrike yevrokuboklar yutish boʻyicha Fergyuson va Trappattoniga yetib oldi
Foto: Getty Images
12.08.2026 FT UEFA Superkubogi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 2 : 1 Aston Villa Aston Villa

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike qo'lga kiritilgan yevrokuboklar soni bo'yicha uchinchi o'ringa ko'tarildi.

Parijliklar UEFA superkubogi uchun bahsda "Aston Villa"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Enrike ushbu sovrinni uchinchi marta qo'lga kiritdi. U shuningdek, Chempionlar ligasida ham uch bor g'olib chiqqan. Sovrinlarga "PSJ" va "Barselona" klublari ustozi sifatida qo'lga ega chiqqan.

Oltinchi yevrokubogini yutgan ispaniyalik 56 yoshli murabbiy "Aberdin" va "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh ustozisi Aleks Fergyuson, "Yuventus" hamda "Inter"da ishlagan Jovanni Trappattoniga yetib oldi.

Yevrokuboklar soni bo'yicha Enrikedan faqat Pep Gvardiola ("Barselona", "Bavariya", "Manchester Siti" — 7 ta) va Karlo Anchelotti ("Milan", "Real" — 10 ta) oldinda.

Shu bilan birga, Luis yevrokuboklardagi oltita finalining barchasida g'alaba qozonib, bu borada 5 ta finalning hammasini yutgan Zinedin Zidanni ortda qoldirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Aston Villa Aston Villa
  • UEFA Superkubogi UEFA Superkubogi
Bugungi yangiliklar