Live
1
O'zbek

Vitinya: "Oltin to'p"ni "PSJ" futbolchisi olsa, adolatli bo'ladi

Futbol
12 avgust, 14:35
Parij klubi yarimhimoyachisi sovringa loyiq uch jamoadoshini aytdi.
Vitinya: "Oltin to'p"ni "PSJ" futbolchisi olsa, adolatli bo'ladi
Foto: Getty Images

"PSJ" yarimhimoyachisi Vitinya "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogarlar haqida fikr bildirdi.

"Bu yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan futbolchilar juda ko'p. Men uchun bu sovrinni "PSJ" futbolchisi olish adolatdan bo'lardi: ajoyib mavsum o'tkazgan, ayniqsa Chempionlar ligasida juda yaxshi o'ynagan Kvaratsxeliya, yana bir ajoyib mavsumni o'tkazgan Dembele yoki "PSJ" va Ispaniya milliy jamoasi bilan barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan Ruis.

Men shu uch futbolchini tanlagan bo'lardim. Albatta, boshqa kuchli futbolchilar ham bor — Keyn, Mbappe... Umid qilamanki, hech kimni esdan chiqarib qo'ymadim. Ammo men "PSJ" futbolchisiga ovoz bergan bo'lardim"
, — deya portugalialik futbolchining so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar