"Marsel"ning markaziy himoyachisi Fakundo Medina "Bayer"ga o'tdi.
Germaniya klubi va Argentina milliy jamoasi futbolchisi 2031 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi. Medina 2-raqamni tanladi.
Avvalroq leverkuzenliklar uchun 27 yoshli himoyachi uchun "Marsel"ga 23+2 million yevro to'lashi xabar berilgandi.
Medina 2025/26 yilgi mavsumda Liga 1 doirasida 17 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 7 bor sariq kartochka olgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa u 5 ta o'yinda 1 ta golga assistentlik qildi.
"Bayer" Argentina milliy jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi
Futbol
12 avgust, 14:20
Medina faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.
Foto: Bayer 04