Vinger mavsum startiga juda oz vaqt qolganda jiddiy jarohat oldi. Natijada futbolchi yozgi transfer oynasida jamoani tark etmaydi.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, Xans-Diter Flik klubni tark etishi mumkin bo‘lgan boshqa futbolchilarda ham shu kabi holat takrorlanishidan xavotirda. Seshan kuni germaniyalik mutaxassis «Barselona»ning bir yo‘la 6 futbolchisini umumiy guruh mashg‘ulotlaridan ajratib qo‘ydi.
Bu ro‘yxatdan Mark Kasado, Ektor Fort, Xofre Torrents, Tommi Markes, Toni Fernandes va Gile Fernandes joy oldi.
Flik futbolchilar jarohat sabab transferi amalga oshmay qolishi va klubning bozordagi rejalariga ta’sir ko‘rsatishini istamayapti.