Nigeriya Oliy ligasi (NPFL) ishtirokchisi Katsina shahrining «Katsina Yunayted» klubi futbolchisi Chinedu Ozor mavsumoldi o‘yini paytida hushidan ketdi. Shifokorlar sportchini tekshirib, uning o‘limini qayd etishdi.
Biroq keyinroq tibbiyot xodimlari xatoga yo‘l qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Morgda Ozor qo‘lini qimirlatib, mutaxassislarni hayratga tushirdi.
Natijada Chinedu zudlik bilan jonlantirish bo‘limiga o‘tkazildi. «Qayta tirilgan» futbolchini jonlantirish bo‘limida hayotga to‘liq qaytarishga urinishyapti – u hayot uchun kurashmoqda.
«Ishonchli manbalarning xabar berishicha, Chinedu Ozorda hayot alomatlari paydo bo‘lgani aytilgach, u morgdan shifoxonaga o‘tkazilgan. Ayni paytda u kislorod apparatiga ulangan, shifokorlar uni hayotga qaytarishga harakat qilmoqda», — deya Ozorning sobiq klublaridan birining bayonotidan iqtibos keltiradi The Sun nashri.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi