Yarimhimoyachi Yuri Tilemans «Manchester Yunayted»ga o‘tganidan so‘ng birinchi intervyusida bu yozda transferni kutmaganini ta’kidlab o‘tdi. Futbolchi so‘zlariga ko‘ra, u bor e’tiborini jahon chempionatida Belgiya milliy jamoasi safidagi ishtirokiga qaratgan.
«Bu transferni kutmagandim. Futbol va jahon chempionatiga e’tibor qaratdim. Yozda hamma narsa bo‘lishi mumkin. «Aston Villa»da biz ajoyib natijalarga erishdik, ammo yuqoriroq darajadagi klublar bor va «Manchester Yunayted» ulardan biri hisoblanadi» - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Tilemans «Yunayted»ga «Aston Villa»dan 35 million funt sterling evaziga o‘tgan edi.