«Chelsi» «Rayo Valyekano» himoyachisi Pep Chavarriyaning transferini rasman e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
28 yoshli ispaniyalik futbolchi London klubi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U yangi jamoasi bilan 2026/27 yilgi mavsumga tayyorgarlikni Kobhemda boshlaydi.
Pep Chavarriya 2025/26 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida 33 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Konferensiyalar ligasida 8 ta bahs o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Chavarriya «Rayo Valyekano» safida 2022 yildan buyon to‘p tepib kelayotgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi