Turinning «Yuventus» klubi yarimhimoyachisi Duglas Luis Liga 1 va APL vakillaridan tushgan ikkita taklifni rad etgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi hozir asosiy tarkibga kirib olish uchun chinakamiga imkoniyati bor va shu sababli «Yuventus»da qolishga qaror qilgan.
Avvalroq futbolchi xizmatlariga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumning birinchi qismini Luis ijarada «Nottinghem Forest»da, ikkinchi qismini esa «Aston Villa»da o‘tkazgandi. Umumiy hisobda u barcha musobaqalarni inobatga olganda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.