Bugun
7
O'zbek

«Liverpul» yarimhimoyachisi «Inter»ning ustuvor transfer maqsadi

Futbol
12 avgust, 06:00
Milan klubi Kertis Jonsning transferini 35 million yevroga yakunlashni rejalashtirmoqda.
«Liverpul» yarimhimoyachisi «Inter»ning ustuvor transfer maqsadi
Foto: Getty Images

«Liverpul» markaziy yarimhimoyachisi Kertis Jons «Inter»ning ustuvor transfer maqsadiga aylangan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Inter» 25 yoshli angliyalik futbolchining transferini 35 million yevroga amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Hozircha tomonlar o‘rtasida hech qanday kelishuv mavjud emas.

Italiya chempioni avval Davide Frattezini sotishni rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng milanliklar Jonsning transferi bo‘yicha harakat boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Kertis Jons 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 49 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar