Bugun
7
O'zbek

«Manchester Yunayted» Belgiya milliy jamoasi himoyachisi uchun taklif tayyorlamoqda

Futbol
12 avgust, 05:30
«Bryugge»ning 21 yoshli chap qanot himoyachisi Xoakin Seys Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
«Manchester Yunayted» Belgiya milliy jamoasi himoyachisi uchun taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

Mirror Football xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» «Bryugge»ga Xoakin Seysning transferi bo‘yicha ilk taklifni yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Belgiya klubi 21 yoshli futbolchisini 35 million yevroga baholamoqda.

Seys o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 55 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt esa belgiyalik futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Seys Belgiya milliy jamoasi safida ham o‘ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Club Brugge Club Brugge
  • Belgiya Belgiya
Bugungi yangiliklar