«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri Ernandes yaqin vaqt ichida «Barselona» futbolchisiga aylanishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «Barselona» transferni ushbu hafta oxirigacha yakunlashiga ishonmoqda. Hozirda tomonlar bitimning so‘nggi tafsilotlarini muvofiqlashtirmoqda. Shuningdek, bugun klublar o‘rtasida yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Manbaga ko‘ra, transfer summasi 60–70 million yevroni tashkil qiladi.
30 yoshli Rodri «Barselona» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasi borasida kelishuvga erishgan. Bitim imzolangan taqdirda, ispaniyalik futbolchi yiliga 15 million yevro maosh oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi