Bugun
7
O'zbek

Mourinyo: «Men «Barselona»da tarjimon bo‘lmaganman»

Futbol
12 avgust, 02:30
«Real» bosh murabbiyi Kataloniya klubidagi faoliyati davomida qanday vazifani bajarganiga aniqlik kiritdi.
Mourinyo: «Men «Barselona»da tarjimon bo‘lmaganman»
Foto: Getty Images

Joze Mourinyo «Barselona»dagi faoliyati haqida gapirar ekan, u yerda Bobbi Robsonning tarjimoni bo‘lgani haqidagi keng tarqalgan fikrni rad etdi.

Portugaliyalik mutaxassis 1996–2000 yillarda «Barselona» murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. 1996–1997 yillarda esa u ingliz mutaxassisi Bobbi Robsonning tarjimoni bo‘lgani haqida ko‘p bor aytilgan.

«Agar «Barselona»da ingliz tilida erkin gapira oladigan yagona inson men bo‘lgan bo‘lsam, bu tarjimon bo‘lib ishlaganimni anglatmaydi. Men akademik ta’limim tufayli ingliz tilini o‘rganganman. Bobbi Robsonning tarjimoni emas, aksincha, uning yordamchisi bo‘lganman», — dedi Mourinyo Madrid Universal nashriga.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo 2000 yilda «Benfika» bosh murabbiyi etib tayinlanib, mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar