Bugun
45
O'zbek

UEFA Superkubogi. «PSJ» — «Aston Villa». Prevyu

Futbol
12 avgust, 03:00
Bahs Zalsburgdagi «Red Bull Arena» stadionida o‘tkaziladi.
UEFA Superkubogi. «PSJ» — «Aston Villa». Prevyu
Foto: Getty Images
12.08.2026 FT UEFA Superkubogi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 2 : 1 Aston Villa Aston Villa

Bugun Toshkent vaqti bilan 13 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 da UEFA Superkubogi uchun «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Avstriyaning Zalsburg shahridagi «Red Bull Arena» stadionida o‘tkaziladi.

Bellashuv bosh hakami somalilik Umar Abdulqodir Aratan bo‘ladi.

Ma';umot uchun, «PSJ» o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Parijliklar finalda Londonning «Arsenal» klubini penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan.

«Aston Villa» esa Yevropa ligasida zafar quchdi. Angliya klubi finalda «Frayburg»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Eslatib o'tamiz, amaldagi UEFA Superkubogi sohibi ham «PSJ» hisoblanadi. Parijliklar o‘tgan yilgi finalda «Tottenhem»ni mag‘lub etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Aston Villa Aston Villa
  • UEFA Superkubogi UEFA Superkubogi
Bugungi yangiliklar