"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Aston Villa"ga qarshi Yevropa Superkubogi uchun kechgan o'yin (2:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men bundan hayron emasman. Futbolchilarni juda yaxshi bilaman... O'tgan yilda bo'lgani kabi bu safar ham juda qiyin bo'ldi.
Jamoa qilgan ishga munosib baho berishimiz kerak. Chunki mashg'ulotlar o'tkazish uchun atigi bir necha kun bo'lganini hisobga olsak, bu oson emas edi.
Bu futbolchilarni rag'batlantirish juda oson, ular o'z ishlarini yaxshi ko'rishadi... Bu deyarli ideal vaziyat.
Bir necha yil ketma-ket sovrinlarni qo'lga kiritish juda qiyin. Motivatsiya topish va professional bo'lish, yana g'alaba qozonishga harakat qilish kerak", — dedi Enrike.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi