Bugun
14
O'zbek

Manzambi Yevropa Superkubogini o'tkazib yuboradi

Futbol
4 avgust, 15:32
Hozircha uning tiklanish muddati qancha davom etishi noma'lum.
Manzambi Yevropa Superkubogini o'tkazib yuboradi
Фото: Getty Images
12.08.2026, 15:00 UEFA Superkubogi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Aston Villa Aston Villa

“Aston Villa” yarimhimoyachisi Yoxan Manzambi Yevropa Superkubogi doirasidagi “PSJ”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Shveytsariyalik 20 yoshli futbolchi JCH–2026da vaqtida tizzasidan jarohat olgan. Hozircha uning tiklanish muddati qancha davom etishi noma'lum.

Manzambi 2024 yildan buyon “Frayburg” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U nemis jamoasi safida barcha turnirlarda 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, Manzambi Yevropa ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Yevropa Superkubogi uchun “Aston Villa” va “PSJ” o'rtasidagi uchrashuv 12-avgust kuni bo'lib o'tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Aston Villa Aston Villa
  • UEFA Superkubogi UEFA Superkubogi
Bugungi yangiliklar