«Metallurg» klubi tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, bekobodliklar ikki nafar o'yinchi bilan shartoma imzolagan.
Xususan, bunga qadar «Bunyodkor» sharafini himoya qilib kelgan Najmiddin Normurodov «Metallurg»ga o'tdi. Shuningdek, Bekobod jamoasi iqtidorli himoyachi Javohir Jo'rayev bilan bitim imzoladi. Bunga qadar u «Surxon» klubi safida to'p tepib kelayotgan edi.
Ma'lumot uchun, «Metallurg» Proliga turnir jadvalida 12 ta turdan so'ng 21 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.