Live
4
O'zbek

Superligaga o‘tish o‘yini. «Metallurg» penaltilar seriyasida FarDUga yutqazdi

Futbol
28 noyabr, 07:07
Penaltilar seriyasida Farg'ona klubi 4:2 hisobida ustun keldi.
Superligaga o‘tish o‘yini. «Metallurg» penaltilar seriyasida FarDUga yutqazdi
Foto: FarDU FK
28.11.2026 AP Pro Liga Metallurg Metallurg (2) 1 : 1 (4) FarDu FarDu

Superligaga o‘tish o‘yini doirasida «Metallurg» o‘z maydonida FarDUni qabul qildi. Asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Qo‘shimcha 30 daqiqada ham hisob o‘zgarmadi.

Bellashuv FarDU sobiq bosh murabbiyi Sergey Lebedev xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Norxon Sheripov Feruzjon Zokirovga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Bosh hakam dastlab futbolchini sariq kartochka bilan jazoladi, biroq VAR ko‘rigidan so‘ng qaror o‘zgartirilib, Sheripov maydondan chetlatildi.

56-daqiqada Zokirovning uzatmasidan keyin Iminjonov to‘pni darvoza to‘siniga tekkizdi. Bashriddinov to‘pni qaytarishga uringanida, u darvozabon Dilshod Yoqubovga tegib, darvoza chizig‘idan o‘tdi. Natijada «Metallurg» hisobda oldinga chiqdi.

78-daqiqada burchak to‘pidan keyin Rasuljon Abdurahmonovning zarbasi Milichkovichning qo‘liga tegdi. VAR ko‘rigidan so‘ng «Metallurg» darvozasi tomon penalti belgilandi. Rian Islamov 79-daqiqada 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda boshqa gol urilmadi. Penaltilar seriyasida FarDU 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi jamoa «Olimpik MobiUz» bilan bahs olib boradi. Ushbu bellashuv g‘olibi Superliga vakili bilan pley-offda to‘qnash keladi.

Superligaga o‘tish o‘yini
Metallurg — FarDU 1:1 (penaltilar seriyasi — 2:4)
Gollar: Dilshod Yoqubov 56 (avtogol) — Rian Islamov 79 (pen.).
Chetlatish: Norxon Sheripov 45+1.

Metallurg: Mohirbek Komilov, Branimir Yochich, Samandar Ochilov, Sherzodjon Komilov (Vladimir Bubanya, 90), Jasurbek Hakimov (Maksvell, 69), Marko Milichkovich, Navro‘zbek Iminjonov, Dostonbek Abdulxaev, Sanjar Shoahmedov (s), Feruzjon Zokirov (Davronbek Sulaymonov, 79), Najmiddin Normurodov.
FarDU: Dilshod Yoqubov, Ahror O‘ktamov, Riza Ayvazov (Abduvosid Abdurashidov, 61), Ibodjon Abelfazov (s), Maharram Abelfazov, Norxon Sheripov, Doniyor Valiev (Otajon Niyazmetov, 118), Sirojiddin Bashriddinov (Rasuljon Abdurahmonov, 69), Shohruh Yoqubjonov (Sharafiddin Shobirov, 118), Rian Islamov, Bobur Farhodov (Murodjon Komilov, 69).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Metallurg Metallurg
  • FarDu FarDu
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar