The Independent nashri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzodlar ro‘yxatini taqdim etdi. Reytingning birinchi pog‘onasidan «Manchester Siti» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri joy oldi.
Britaniya nashri talqiniga ko‘ra, kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Rodri («Manchester Siti», Ispaniya)
- Harri Keyn («Bavariya», Angliya)
- Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya)
- Kilian Mbappe («Real», Fransiya)
- Lionel Messi («Inter Mayami», Argentina)
- Usmon Dembele («PSJ», Fransiya)
- Erling Holand («Manchester Siti», Norvegiya)
- Jud Bellinghem («Real», Angliya)
- Maykl Olise («Bavariya», Fransiya)
- Vinisius Junior («Real», Braziliya)
Ma’lumot uchun, Rodri 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya milliy jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Bu esa uni «Oltin to‘p» uchun asosiy favoritlardan biriga aylantirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi