Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Vinger Vinisius Junior shartnomasini uzaytirib, «Real»da qolishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, braziliyalik vinger muzokaralar davomida maosh borasidagi talablarini kamaytirishga tayyor.
Bu vaziyatda asosiy muammo futbolchi yangi shartnoma imzolagani uchun olishi ko‘zda tutilgan mukofot pulida. «Real» ushbu bonusni to‘lashga tayyor emasligini bildirdi, chunki bu qadam kelajakda boshqa futbolchilarga yomon o‘rnak bo‘lib xizmat qilishidan xavotirda.
Ma’lumot uchun, Vinisius Junior «Real» safida 375 o‘yinda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatma yetkazib berdi.