«Real» Vinisius Junior bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.
ESPN Brasil xabariga ko‘ra, Madrid klubi Jahon chempionatidan so‘ng futbolchi vakillari bilan bog‘lanib, unga yiliga 22 million yevro maosh nazarda tutilgan yangi bitimni taklif qilgan.
Biroq Vinisius ushbu taklifni yetarli deb hisoblamayapti. Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha mavsumiga 30 million yevro maosh olishni istamoqda. Hozirda u «Real»da yiliga taxminan 17,5 million yevro ishlab topmoqda.
Futbolchi va uning agentlari yangi bitim Vinisius faoliyatidagi eng yirik shartnoma bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, klub futbolchining jamoa uchun qilgan xizmatlarini munosib baholashi lozim.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, «Arsenal» vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Ammo London klubi hozircha na «Real», na Vinisius vakillari bilan rasmiy aloqaga chiqqan.
Ma’lumot uchun, Vinisius o‘tgan mavsum La Ligada 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi