Bugun
14
O'zbek

Ter Stegen: «De Yongning so‘zlari menga xotirjamlik berdi»

Futbol
4 avgust, 06:39
Germaniyalik darvozabon «Ayaks»ga o‘tishida Frenki de Yong muhim rol o‘ynaganini aytdi.
Ter Stegen: «De Yongning so‘zlari menga xotirjamlik berdi»
Foto: Getty Images

«Ayaks»ga ijara asosida ko‘chib o‘tgan Mark-Andre ter Stegen transferida «Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong muhim rol o‘ynaganini ma’lum qildi.

Germaniyalik darvozabon «Ayaks» matbuot xizmatiga bergan intervyusida de Yong bilan ushbu transfer oldidan bir necha bor suhbatlashganini aytdi.

«Men Frenki bilan juda ko‘p gaplashdim. So‘nggi kunlarda ko‘plab mavzularni muhokama qildik. Men uchun bu yerda ishonchli qo‘llarda bo‘lishimni bilish juda muhim edi.

Frenki bu haqda avval ham aytgandi va bu menga xotirjamlik berdi. U juda halol inson, doim o‘ylaganini aytadi. Uning so‘zlari meni tinchlantirdi», — dedi Ter Stegen.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli darvozabon 2026/27 yilgi mavsumni ijara asosida «Ayaks» safida o‘tkazadi. Uning transferi «Barselona» va Amsterdam klubi o‘rtasidagi ijara kelishuvi asosida amalga oshirildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ayaks Ayaks
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar