«Ayaks» sport direktori Yordi Kroyff «PSJ»ning Mika Godts transferi bo‘yicha ilk rasmiy taklifini rad etdi.
The Touchline nashri jurnalist Mayk Verveyga tayanib xabar berishicha, Parij klubi 21 yoshli hujumkor yarimhimoyachi uchun 40 million yevro va yana 5 million yevro bonus taklif qilgan.
Biroq Kroyff bu taklifni qabul qilmagan. U Godtsni 60 million yevrodan yuqori summaga baholamoqda va «PSJ»ning moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda narxni pasaytirishni istamayapti.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi yozgi transfer oynasida futbolchilar savdosidan qariyb 160 million yevro ishlab topgan.
Ma’lumot uchun, Mika Godts «Ayaks» safida shu kungacha 113 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 27 ta golli uzatmani amalga oshirgan.