Bugun
14
O'zbek

«Leypsig» Norvegiya milliy jamoasi darvozabonini ortga qaytardi

Futbol
4 avgust, 05:13
Erjan Nyuland Germaniya klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
«Leypsig» Norvegiya milliy jamoasi darvozabonini ortga qaytardi
Foto: Getty Images

«Leypsig» tajribali darvozabon Erjan Nyuland jamoaga qaytganini rasman e’lon qildi.

Klubning rasmiy xabariga ko‘ra, 35 yoshli norvegiyalik posbon bilan 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan ikki yillik shartnoma imzolangan.

Nyuland avval ham 2022/23 yilgi mavsumda «Leypsig» safida to‘p tepgan. Shundan so‘ng u Ispaniyaning «Sevilya» klubiga yo‘l olgan edi. O‘sha mavsum darvozabon Germaniya klubi safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Qayd etilishicha, Nyuland yangi jamoasida 1-raqam ostida harakat qiladi va seshanba kuni qaytganidan keyingi ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Erjan Nyuland 2026 yilgi Jahon chempionatida Norvegiya milliy jamoasining asosiy darvozaboni sifatida ishtirok etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar