Live
2
O'zbek

“Real” vakillari Diomandening transferi shu hafta oxiriga qadar rasmiylashtirilishiga ishonmoqda

Futbol
2 avgust, 23:40
Futbolchining transferi yuzaga kelgan huquqiy muammolar sabab kechikmoqda.
“Real” vakillari Diomandening transferi shu hafta oxiriga qadar rasmiylashtirilishiga ishonmoqda
Foto: Getty Images

“Leyptsig” vingeri Yan Diomande yaqin orada “Real”ga ko'chib o'tadi. Bu haqda jurnalist Arancha Rodriges xabar berdi.

Ivuarlik futbolchining transferi yuzaga kelgan huquqiy muammolar sabab kechiktirildi. Shunga qaramay, “Real” vakillari transfer shu hafta oxiriga qadar rasmiylashtirilishiga ishonmoqda.

Ma'lumot o'rnida, 19 yoshli iqtidorli futbolchining transferi “qaymoqranglilar”ga 100 million yevrodan ko'proqqa tushadi. O'tgan mavsum Yan “Leyptsig” safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 10 ta assist amalga oshirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Leypsig Leypsig
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar