Live
2
O'zbek

«Real» darvozaboni «Sevilya»ga o'tdi

Futbol
3 avgust, 07:55
21 yoshli Fran faoliyatini Andalusiya klubida davom ettiradi.
«Real» darvozaboni «Sevilya»ga o'tdi
Foto: Getty Images

«Sevilya» klubi «Real» darvozaboni Fran Gonsales bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qildi.

Transfer qiymati oshkor etilmadi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Ispaniya yoshlar jamoasining 21 yoshli posbonining qiymati 3 million yevroga baholangan.

Andalusiya klubi Fran bilan 2031 yil iyun oyiga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Fran Madrid grandi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yilda klub safida UEFA superkubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek, u Ispaniyaning 19 yoshgacha bo'lgan o'smirlar jamoasi bilan Yevro-2024 g'olibi bo'lgan.

So'nggi ikki yil davomida darvozabon Ispaniyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi «Kastiliya» jamoasi safida to'p tepdi. U 2024/25 yilgi mavsumda La Ligada 1 ta bahsda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Sevilya Sevilya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar